Ovqatdan zaharlanish – toksik infeksiyalar guruhini o‘z ichiga oladi. Eng xavflisi botulizm va solmaniyoz kasalligi hisoblanadi.
Botulizm – umumiy yuqumli kasallik bo‘lib, toksikoinfeksiya gruppasiga kiradi, bu kasallikni anaerob basillasi chaqirib, markaziy nerv sistemasini chuqur zararlaydi.
Etimologiyasi: kasallik chaqiruvchi anaerobli, sporali bakteriya hisoblanadi, u o‘zidan kuchli zahar ekzotoksin ishlab chiqaradi. Bu kasallikning 5 turi: A, v, S, D va E turlari farqlanadi. Mikrob oziq-ovqat mahsulotlarida ayniqsa: sellofanda uzoq saqlangan go‘shtli ovqat, qoqlangan va tuzlangan go‘sht, kolbasa, baliq mahsulotlari, qizil ikra va sabzavot konservalari yaxshi muhit hisoblanib, sporalar bilan zararlanadi va ko‘payadi. Optimal t – 35 – 37 gradus hisoblanadi, qulaylik havo yetishmagan joyda yaxshi ko‘payadi.
Zararlangan ovqat, konserva mahsuloti isteʼmol qilinganda, basilla ichakda ko‘payadi va o‘zidan ekzotoksin ishlab chiqadi, qonga suriladi, asosan nerv sistemasini zararlaydi.
Inkubatsion (yashirin davri), 6 – 10 soat hisoblanadi, baʼzan 43 soatgacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik o‘tkir boshlanadi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlanish, qusish kabi holatlar kuzatiladi.
Qorin damlanish, ich qotishi, bemor ko‘rishda o‘zgarishlar, diplopiya (ikkilanish) ptoz, anezakariya kuzatiladi, ovoz boylamlari zararlanib – bo‘g‘iq ovoz, yutinishdan qiynalish, ovqatga to‘yinish holati kuzatiladi, yurak sohasida chuqur o‘zgarishlar bo‘lib, hatto o‘limga olib keladi (IX – X nerv stvoli zararlanib, yurak mushaklarida parez va paralich chaqiradi).
Davolash: oshqozonni 2 foizli soda bilan yuvish yoki 25 foizli magneziya sulfat eritmasi bilan yuvish, zudlik bilan shifoxonaga yotqizish zarur. Botulizmga qarshi anatoksin va zardobi 50,000 dan 150,000 AE yuboriladi. Dezintoksikatsiya suyuqlik, yurak qon-tomir sistemasini tiklovchi dori darmonlar ishlatiladi.Profilaktikasi:
-Go‘sht mahsulotlari, baliq va sabzavotlarni tayyorlashda (konserva) va saqlash sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish;
-Sanitariya kuzatuv ishlarini olib borish, buzilgan, rangi o‘zgargan, hidli, qopqog‘i bo‘rtib chiqqan konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik, ishlatmaslik, yo‘qotish, paketda uzoq saqlangan ovqatni isteʼmol qilmaslikdir.
Qarshi tumani SEO va JSX bo‘limi.