Tumanimizning muhtarama Onaxonlari va opa-singillar!
Avvalo, Sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ushbu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etgan holda, oʻzimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman.
Ta`kidlash joiz, bugun o`zining fidoyi mehnatlari va sa`y-harakatlari bilan Qarshi tumanining yanada yuksalishi va ravnaq topishida hissa qo`shayotgan aziz ayollarimizning soni tobora ortib bormoqda. Bu albatta, xotin-qizlarimizning zamonaviy va baxtli ayol bo`lishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Biz ham davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan fan, biznes, ijtimoiy, sport va boshqa barcha sohalarda faoliyat olib borishingiz uchun doimo ko`makka shaymiz.
Shu bilan birga aytish kerak, oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Chunki Sizlar bilan hayotimiz goʻzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.
Barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.
Butun qalbim bilan oilaviy xotirjamlik, doimo kulib, baxtli bo`lib yurishingizni. xonadonlaringizda tinchlik, fayzu-baraka arimasligini tilayman.
B.Yusupov, Qarshi tumani hokimi.