Eng yaxshi Navro‘z va eng sara milliy taomlar, sovg‘alari katta kurash hamda kamondan o‘q uzish va boshqa milliy o‘yinlar, 20 metrdan pastga qarovchi darboz va boshqa ko‘ngilochar ko‘plab bahoriy bayram tadbirlari Sizlarni kutmoqda.
Xo‘sh ko‘klam bayramining poytaxtdan keluvchi mehmonlari kimlar deysizmi?
Bular estradaning mashhurlari - Hosila Rahimova, Dilshod Mirzamurotov va viloyat hamda tumanimizning mashhur san’at vakillaridir.
Qadrli tumandoshlar va aziz mehmonlar Qarshi tumanining Navro‘z bayrami hamda saylida Sizlarni kutamiz.
Bayram saylining boshlanish kuni: 18 mart, shanba kuni vaqti: 10:00 da.
Manzil: Kerayit MFY adirliklarida.
To‘lqin Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi.