Deputatlar va mas’ul rahbarlar hamda OAV vakillari ishtirok etgan sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko`rib chiqildi:
1. Qarshi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati;
2. Tuman prokuraturasining 2022-yilda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilikni hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati;
3. Qarshi tumanida yashovchi ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj fuqarolarga moddiy yordam berish;
4. Tumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga 2022-yil davomida hududlardan kelib tushgan murojaatlari tahlili hamda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o’rganish natijalari;
5. Qarshi tumani mahalliy byudjetining 2023-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘larni yo‘naltirish;
6. Qarshi tumanida xotin-qizlarni muammolarini tizimli ravishda hal yetish va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” III bosqichi masalalari.
Shuningdek, sessiya ishida Qarshi tumani hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal-xo’jalik, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga Ochilov Olimjon Rustamovich nomzodi tasdiqlandi.
Ma`lumot uchun, barcha qarorlar "e-qaror.gov.uz" va "qarshitumani.uz" saytida e'lon qilinadi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi.