Xabaringiz bor, Prezidentimiz ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ta’lim muassasalari, mahallalar hayoti, tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Shu kuni viloyatimizdagi 6 ta yangi korxona o‘z faoliyatini boshladi. Endilikda Qarshi tumanidagi “Omad start”, Qarshi shahridagi “Kitob ip yigiruv”, Dehqonobod tumanidagi “Baxt tekstil”, Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy tekstil” va “Pit-stop” korxonalari hamda mebel fabrikasida yuzlab yigit-qizlarning bandligi ta’minlandi.
Xususan, Qarshi tumanida faoliyati yo`lga qo`yilgan umumiy qiymati 45 mln.dollarlik Turkiya texnologiyasi asosida barpo etilgan zamonaviy tomchilatib sug‘orish uskunalari ishlab chiqaruvchi "Omad start" korxonasi ishga tushishi munosabati bilan 130 nafar doimiy va 100 nafar mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi.
Ma`lumot uchun, korxonada yiliga 1,6 trln. so‘mlik tomchilatib sug‘orish uskunalari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi