Bu haqda tuman hokimi qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 70-sessiyasi 2023-yil 10-mart kuni soat 17:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi muhim masalalar kiritilgan:
1. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qarshi tuman bo’limi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida;
2. Qarshi tumani 2-sektorga qarashli hududlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yahshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-408-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida;
3. Qarshi tumanida yashovchi ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj fuqarolarga moddiy yordam berish to’g’risida;
4. - Tumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga 2023-yil yanvar-fevral oylarida hududlardan kelib tushgan murojaatlari tahlili hamda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o’rganish natijalari to’g’risida;
5. Boshqa masalalar.
Ma`lumot uchun sessiya ishi tuman hokimligi axborot xizmatining "You tube" sahifasida jonli tarzda yoritiladi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi.