Qarshi tumani Madaniyat markazini yaqin vaqt ichida zamonaviylashtirish ishlari boshlanadi. Bu orqali tumanda madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqilishi rejalashtirilmoqda.
Xususan, bugun tuman madaniyat markazida spektakllar, madaniy tadbirlar va kino tomoshalari namoyishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi bo‘yicha dastlabki rejalar ishlab chiqildi.
Bugun ushbu masalalarda tuman hokimi viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Isoh To‘rayev bilan tuman Madaniyat markazini o‘rgandi.
Shuningdek, shu kuni tuman rahbari tuman Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida ham bo‘ldi. Rahbar tomonidan jarrohlik amaliyotini o‘tash uchun xizmat qilib kelayotgan 1957-yilda ishlab chiqarilgan eski jihozlar yangilab berilishi ma’lum qilindi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi.