Qarshi tumani hokimligi binosida "Ayollar daftari" ga kiritilgan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi.
Tikuv mashinalarini viloyat hokimi o‘rinbosari Komila Karomova va tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Fazilat Abduraxmonova topshirdi.
- Bizning asosiy maqsadlarimizdan biri ham xotin-qizlarimizga kasb o‘rgatib, mehnati orqali daromad topishlarini ta’minlashdir, - deydi tikuv mashinalarini taqdim etish tadbirida ishtirok etgan tuman hokimi o‘rinbosari Fazilat Abduraxmonova.
Ma’lumot uchun, Qarshi tumanida ijtimoiy daftarlarga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirish davom etadi.