Qarshi tumaning 58 ta mahalla fuqarolar yig‘inida anomal havo sovishi natijasida ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoj ortib borishi tufayli ushbu kunlarni betalofat o‘tkazib olish, aholi xonadonlarini isitish tizimi bilan muntazam ta’minlab turish maqsadida tuman hokimligi rahbariyati tashabbusi bilan ko‘mir mahsuloti zaxirasi yaratilmoqda.
Tuman hokimligi tomonidan asosan gazlashtirilmagan mahallalar kesimida shakllantirilgan ro‘yxat va buyurtmalar bo‘yicha mahallalar ahliga qulaylik yaratish, yaqinlashib kelayotgan anomal havo sovishini betalofat o‘tkazib olish, aholi xonadonlarini isitish tizimi bilan muntazam ta’minlab turish maqsadida tuman hokimligi rahbariyatining tashabbusi bilan tumandagi 58 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘mir mahsulotlarini zaxira qilish va ro‘yxat asosida ko‘mir tarqatish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, bugun ham “Bodomzor” besh tonna, “Cho‘libo‘ston” besh tonna, “Tinchlik” besh tonna, “Navbahor” ikki tonna, “Kojor” besh tonna, 5 tonna “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tuman hokimligi tomonidan ajratilgan yuk mashinasi yordamida, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mas’ullari nazoratida ombordan ko‘mir mahsuloti olib kelinib, zaxira qilindi. Zaxira yaratish ishlari tumanning barcha mahallalarida davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, shu kungacha tumandoshlarimizga 2 ming tonnadan ziyod ko‘mir mahsulotlari tarqatildi, yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yetkazib berildi.
Qarshi tumani hokimligi matbuot xizmati.