Quturish – hayvonlar va odamda uchraydigan asab tizimining og‘ir shikastlanishi bilan kechadigan hamda o‘lim bilan yakun topadigan o‘ta xavfli yuqumli virusli kasallikdir.
Quturish kasalligini manbai quturgan uy hayvonlari, it, mushuk, sigir, ot, eshak yovvoyi xayvonlardan chiyabo‘ri, tulkilar hisoblanadi.
Quturish kasalligi asosan 90-95% holatda odamlarga itlardan yuqadi.
Quturish kasalligi odamlarga quturish kasalligiga chalingan hayvonlar tishlashi, tirnashi so‘laklanishi natijasida yuqadi.
JSSTning ma’lumotiga ko‘ra har yili o‘rtacha 55 ming yaqin odam va 1.5 mlndan ortiq hayvonlar quturish kasalligiga chalinadi.
Yer kurrasida har 15 daqiqada 1 nafar odam quturish kasalligidan vafot etadi.
Respublikamiz bo‘yicha har yili 10-15 ta odam ushbu kasallik bilan kasallanadi.
Quturish kasalligi neyroinfeksion kasallik bo‘lib, so‘lak nevro yo‘l bilan o‘tadi. Virus odam organizmiga quturish kasalligiga chalingan hayvon tishlashi va so‘laklanishi tishlangan jarohatlangan joydan kiradi.
Virus markaziy asab tizimiga yetib borgach bosh va orqa miya to‘qimasi, uzunchoq miyaga, ammon shohiga miyaning asosiga joylashadi.
Virus markaziy asab tizimidan nerv tolalari bo‘ylab, so‘lak beziga yetib boradi va u yerga ko‘pigi hamda so‘lak bilan ajraladi.
Quturish kasaligi hayvonlardan hayvonlarga hayvonlardan odamlarga yuqadi, lekin ushbu kasalik odamlardan odamlarga va odamlardan hayvonlarga yuqmaydi.
Hayvonlar kasallikni birinchi belgilari yuzaga kelishi 7-10 kun oldin ular yuqumli hisoblanadi.
Kasallikni yashirin davri 7 kundan 11 oygacha bo‘lishi mumkin. Inkubasion davri qisqa va uzoq bo‘ladi, bu agar tananing yuqori qismidan bosh, yuz, qo‘l, kaft, panja barmoqdan jarohat olgan bo‘lsa inkubasion davri qisqa bo‘ladi.
Qarshi tumani quturish kasalligi bo‘yicha nohush hudud hisoblanadi. Oxirgi 5 yilda kasallik qayd etilmagan. Tumanda hayvonlar tomondan jarohat olganlar 2021 yilda 321 ta qayd etilish, jarohat olganlarning 9 tasi V toifadagi hayvonlar, 22ta S toifadagi hayvonlardan, 291 tasi D hayvonlar tomonidan tan jarohat olgan.
Hayvonlar tomondan tan jaroxat olgan barcha fuqarolarga quturish kasalligi va uni oldini olish profilaktikasi to‘g‘risida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilgan. It saqlash qoidalariga rioya etmagan fuqarolar bo‘yicha tuman IIBga yozma ravishda xar oyda bildirish xati asosida berib borilmoqda.
SEO va JSX Qarshi tuman bo‘lim omborxonasida yetarli miqdorda AV va AGG bo‘lishi tashkil etilgan. 2021 yilda 670 kom vaksina viloyat SEO va JSX tomonidan olingan.
SEO va JSX Qarshi tuman bo‘limi.