• Telefon: +998 (75) 572-16-24
  • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Amir Temur shoh ko’chasi, 19-uy
  • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha
Menyu

Innovatsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi
“2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-sonli farmoniga asosan, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani innovasion hududga aylantirilishi belgilandi.
Shuningdek, Qarshi tumanini innovasion hududga aylantirish bo‘yicha dasturni va konsepsyani ishlab chiqib tasdiqlab Innovasion rivojlanish vazirligiga taqdim etdik.
Qarshi tumanini innovasion hududga aylantirish bo‘yicha biz allaqachon innovasion loyihalar ro‘yxatini ham shakllantirishni boshladik.
Xususan,
“Qattiq don asosida un mahsulotlari” loyihasi:
Ma'lumot uchun:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Taraqqiyot dasturi” granti bo‘yicha loyiha umumiy qiymati 600 mln. so‘m bo‘lgan “Qattiq dondan un mahsuloti ishlab chiqarish” loyihasi ustida ish olib borilib , loyiha amalga oshirilayotgan Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti va loyiha rahbarlari ilmiy hodimlar bilan hamkorlikda grant dasturi konsepsiyasi ishlab chiqildi.

“Qashqadaryo iqlimiga mos yangi innovasion meva navlari” loyihasi
Ma'lumot uchun:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Taraqqiyot dasturi” grant mablag‘i hisobidan umumiy qiymati 800 mln.so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirilayotgan M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, Uzumchilik va Vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Qarshi tajriba stansiyasi xodimlari tomonidan yaratilgan innovasion, xudud iqlimiga mos navlarni joriy qilish loyihasi doirasida Ilmiy Tajriba Stansiyasi raxbari va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan loyiha uchun mo‘ljallanayotgan 8 ta yangi innovasion uzum navlari va 4 ta yangi innovasion zaldori ko‘chatlari hosildorligi tajriba–sinov uchun joriy qilindi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Qarshi tumanida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.
Ma'lumot uchun:
AQShning Kolorado shtatidagi Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Qashqadaryo vilotining bir qator hududlarida qayta tiklanuvchi energiya, ekologik toza energiyaga o‘tishda innovasiyalarni joriy qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Qarshi tumanida fermer xo‘jaligi dala maydonlaridagi yer osti artizan quduqlarida 20 ta quyosh panellarini o‘rnatish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Hozirda loyiha doirasida zarur xujjatlar tayyorlanmoqda;

“IT Educational Center” loyihasi
Ma'lumot uchun:
Qarshi innovasion tumanida umumiy qiymati (ming so‘mda) 315 000 000 so‘m bo‘lgan Hokimlik hisobidan 115 000 000 so‘m, TIKA grant mablag‘lari hisobidan 200 000 000 so‘m hamkorlikdagi “IT Educational Center” loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Loyiha ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga IT sohasida bilim va ko‘nikmalar beradigan o‘quv markazini tashkil etishga qaratilgan.

Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo tajriba stansiyasida Zamin fondi tomonidan moliyalashtirilgan "Hosildor zamin" loyihasi.
Ma'lumot uchun:
Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo tajriba stansiyasida Qashqadaryo viloyat hududiy innovasion rivojlanish boshqarmasi va Qarshi tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan Zamin fondi tomonidan amalga oshirilayotgan 11 mlrd 400 mln so‘m miqdoridagi "Hosildor zamin" loyihasi doirasida 5 gektar yer maydonda barpo etilayotgan yopiq ko‘chatxonalar, ochiq dala ko‘chatxonasi va ko‘chatlarni saqlash ombori barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirligi hamda Tuman hokimligi xamkorligida “Eno-turizm” loyihasi
Ma'lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo tajriba stansiyasiga tashrifida Tuman hokimi loyiha doirasida yangi uzumchilik – vinochilik “Eno-turizm” loyihasini ham amalga oshirish niyatida yekanligi bildirib o‘tdi. Bundan tashqari Ilmiy Tajriba stansiyasida Zamin fondi hamda Yevropa taraqqiyot banki 1mln yevro granti asosida amalga oshirilayotgan “Hosildor zamin” loyihasi bilan atroflicha o‘rganildi.Ushbu loyiha doirasida Innovasion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda “Eno-turizm” loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.
Eno-turizm — muayyan mintaqaning vinochilik an'analari bilan tanishtiradi. Uzumzorlar, vino zavodlari, restoranlarga yekskursiyalar uyushtirilishini nazarda tutadi.

Qarshi innovasion tumanida “Raqamli hokimiyat” ya'ni raqamli boshqaruv tizimini joriy etish loyihasi.
Ma'lumot uchun:
Qarshi innovasion tumanida raqamli boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida orttirilgan byudjet mablag‘lari hisobidan tendir tanlovi asosida hokimiyat binosi hududida raqamlashtirilgan tizimni tashkillashtirish ishlari boshlab yuborildi. Loyiha rejasi to‘liq ishlab chiqilib, Loyiha umumiy qiymati hisoblab chiqildi. Loyiha "Face sontrol" , "IP teliphoniya" , hokimiyat binosi hududida tashqi va ichki video kuzatuv qurilmalari, hokimiyat zamonaviy saytini yaratishni o‘z ichiga oladi. Hozirda loyiha xujjatlari ekspertizadan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimligi sayti “Online Service Group” hamkorligi yaratish ishlari boshlab yuborilgan.

Qarshi innovatsion tumanining drayver sohasi hisoblangan “Engil sanoat” sohasini rivojlantirish.

Ma'lumot uchun: 

Tumanning iqtisodiy ishlab chiqarish eksport saloxiyati o‘rganilib  tumanda kelajakdagi loyihalarni shakllantirish uchun  drayver soha sifatida “ Yengil sanoat” yo‘nalishi tanlab olindi. Bu yunalishda hozirgi kunda  3 ta yirik loyiha ish olib bormoqda (LT TEXTILE INTERNATIONAL, IYMAN TEXTILE , HILOL TEX ). Ikkita yirik  umumiy qiymati 26.1 mln.dollor bo‘lgan “Qarshi agro klaster” MChJ ,“Beshkent agro klaster ” MChJ texstil korxonalar qo‘rilish ishlari yakuniy bosqichida.

Innovasion rivojlanish vazirligi, Qarshi tuman hokimligi hamda Qarshi agro klasstri  hamkorligida Agrobiolaborotoriya tashkil etish.

Ma'lumot uchun:

Innovasion rivojlanish vazirligi, Qarshi tuman hokimligi hamda Qarshi agro klasstri  hamkorligida loyiha qiymati 7 mlrd bo‘lgan agrobiolaborotoriya tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Agrobiolaborotoriya tuproqshunoslik , suv  hamda qishloq xo‘jalik maxsulotlarida  sifat-tahlil  o‘tkazish , va sohadagi  muommolarga yechim topish  uchun mo‘ljallangan.

Respublika bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan “Techno ways” texnologik rivojlanish marafoni va “Inno week-2022” ko‘rgazmasi Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun: 

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan Respublikamiz hududlari bo‘ylab "Inno week" va "Techno ways" innovasion ishlanmalar ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilib kelinmoqda. Qarshi tumani tadbirkorlari va yoshlari bu tanlovlarda munosib ishtirok etishdi.Natijalarga ko‘ra "Inno week-2022" Respublika bosqichiga 4 ta tadbirkorga yo‘llanma berilgan bo‘lsa , shundan ikki yo‘llanmani Qarshi tumani tadbirkorlari ya'ni "Promax" MChJ (zamonaviy infokiosk uskunalarini ishlab chiqarish ) "Cheemi clean private" LTD (yuvish vositalarini ishlab chiqarish) 1 va 2-o‘rinlarni olib, yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. «Inno week – 2022» innovasion ishlanmalar ko‘rgazmasida yoshlarimiz tomonidan ishlangan loyihalar ijobiy baholandi. "Techno ways" tanlovida ham tumandoshlarimiz faxrli o‘rinlarni egallashdi. Tanlovning birinchiligini Qarshi tumanilik Sodiqov Ravshan "X-Face" dasturi orqali, 3-o‘rinni Egamberdiyev Asilbek "Smart boiler" aqlli isitish qurilmasi ishlanmalari bilan egalladi. Ta'kidlash kerak, tumandoshlarimiz tanlovning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritish bilan birga ,oktabr' oyida o‘tkaziladigan Respublika bosqichiga ham yo‘llanma olishdi. Bu yutuqlardan ko‘rinib turibdiki Qarshi innovasion tumanidagi rivojlanishga bo‘lgan sayi-harakatlar o‘z samarasini bermoqda.Qolaversa Tanlovlarning Respublika bosqichiga yullanma olgan g‘oliblari bilan  17-21 oktabr' kunlari bo‘lib o‘tadigan Respublika tanloviga ishtirok etish uchun tayyorgarlik  ishlari amalga oshirilmoqda.


Xitoy Xalq Respublikasi  Shandun provinsiyasining Szibo shahri hamda  Qarshi innovasion tumani o‘rtasida xamkorlik bitimini tuzish.

Ma'lumot uchun:

Xitoy Xalq Respublikasi  Shandun provinsiyasining Szibo shahri hamda  Qarshi innovasion tumani o‘rtasi hamkorlik  bitimini tuzish ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi kunda Szibo shahri tashqi ishlar bo‘limi vakili Syue Syan bilan ikki shahar salohiti ko‘rsatib beradigan ma'lumotlar almashilindi.


 O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti huzuridagi Paxtachilik bo‘yicha ilmiy kengash o‘z ishini boshladi.

Ma'lumot uchun:

Bir qator olimlardan tashkil topgan paxtachilik bo‘yicha ilmiy kengash a'zolari Qashqadaryo viloyati Qarshi innovasion tumaniga tashrif buyurishdi. Ilmiy kengash a'zolari Qarshi innovasion tumaniga tashrif buyurib bir qator dala maydonlariga tashrifi kuzatildi.Olimlar tashrifi tuman fermirlari uchun  maxorat darsi sifatida o‘zlariga kerakli ma'lumotlarni olishga yordam berdi.Aynan paxta ekinining urug‘chilik sohasi bo‘yicha ilmiy ish olib borgan olimlardan tuzilgan guruh hosilning tonna ko‘rsatkich darajasini oshirish(raqamlarda izohlab)  o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.


“Tiklanish va taraqiyot jamg‘armasi” tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ ga yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovasion,startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million AQSh dollari ekvivlenti miqdorida mablag‘ ajratilgan bo‘lib, Qarshi innovasion tumani yoshlarini shu loyihaga tavsiya etish.

Ma'lumot uchun:

Qarshi innovasion tumanida yashovchi Egamberdiev Asilbek Ulug‘bek o‘g‘liga "Turdi-Muazzam servis" O.K. tasarrufida o‘z mablag‘i 1 400 mln, loyiha  umumiy qiymati 2 500 mln so‘m bo‘lgan“Aqlli maishiy texnika  ”qurilmalarini ishlab chiqarish tizimini harid qilish uchun, Xafizov Abbos Baxriddin o‘g‘liga "Promax"MChJ  tasarrufida “ Smart pay & go” loyihasi uchun o‘z mablag‘i 2 000 mln, loyiha umumiy qiymati 3 000 mln so‘m bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun tavsiya berildi.

“Aqlli yo‘laklar”  loyihasida

Ma'lumot uchun:

Qarshi innavasion tumani hududida tuman markaziy ko‘chalarida piyodalar uchun maxsus aqlli yo‘laklar joriy qilinmoqda. Bu loyiha  bolalar maydonchasi , maxsus quyosh panillari yordamida yoritish chiroqlari, Wi-Fi zonasi , eliktrosamokat , video kuzatuv tizimi  hamda yo‘laklarning markaziy qismida  innovasion bank xizmatini  o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda yo‘laklarda maxsus quyosh panillari yordamida yoritish chiroqlari o‘rnatilgan va “SMART BANK” Agrobank tomonidan ishlab chiqilgan loyiha qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech