O‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida chorvachilik, issiqxona, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo`shiladi.
Bu haqda Prezidentning “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.
Aytilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga ularga tegishli bo‘lgan tomorqa yer uchastkasining maydoni yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’iy nazar ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliqni to‘lashga ruxsat etiladi.
Qarshi tumani hokimligi matbuot xizmati.