Eʼtiborlisi, kecha o‘tkazilgan tungi reydlarda viloyat prokurorining o‘rinbosari Muxiddin Baxritdinov ham ishtirok etdi.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda jamiyatda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi faoliyatni kuchaytirishga qaratilgan tungi reydlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 20 sentyabr kuni viloyat prokurorining o‘rinbosari Muxiddin Baxritdinov boshchiligida Qarshi tumanida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini issiq izlarida fosh etish maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan Ichki ishlar, Milliy gvardiya va fidokor yoshlar jamoatchilik guruhlariga xizmat oldi yo‘riqnoma berildi. Shuningdek, Qarshi tumanidagi “Nukrabod” va “Quyi Beshkent” mahallasidagi jamoatchilik maskanlaridagi tungi xizmat bilan tanishilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda nafaqat mahalla maslahatchilari, profilaktika inspektorlari, balki shu mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarning hushyorligi, sergakligi va o‘zaro hamjihatligi ham muhim o‘rin tutishi ham taʼkidlandi.
Qarshi tumani prokuraturasi.