“Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan “Mustaqillik” mahallasidagi ichki yo‘llarning o‘ta ta’mirtalabligi va atrofdagi suv havzalaridan suv toshib yo‘lni bosishi kabi muammolar tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
Haqiqatda mahalla ichki yo‘llarining ta’mirtalabligi inobatga olingan holda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining VI-63-69-4-0-K/23-sonli qarori bilan mahalla hududidagi 1.4 km ichki yo‘llar zaxira mablag‘lari hisobidan ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.
Qarshi tumani hokimligi matbuot xizmati.