Viloyat hokimligida boshlangan yig‘ilish vohamizda energiya resurslaridan samarali foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ishlarini borishi bo‘yicha boshlandi.
Aytish lozimki, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining mavjud quvvatlari, aholining energiya resurslariga nisbatan ortib borayotgan kunlik talab-ehtiyojni to‘liq darajada taʼminlay olmaydi. Masalan, so‘nggi besh yilda viloyatimizda xonadonlar soni 160 mingtaga ko‘paygan, korxonalar soni esa 29 mingdan 42 mingtaga yetgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilda jami 53,4 MVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish belgilangan bo‘lib, amalda bugungi kunga qadar 12,8 MVtli quyosh panellari o‘rnatildi. Shuningdek, o‘rnatilishi lozim bo‘lgan 78 ming litr hajmdagi geliokollektorlardan bugungi kunga qadar 8,1 ming litr o‘rnatildi. Bu boradagi ishlarimizga Prezidentimiz yaratib bergan tizim va imtiyozlar ishlarimizni yana-da jadallashishiga xizmat qilmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ham iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishiga, ham xalqimizga kafolatli va uzluksiz gaz va eyelektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yig‘ilishda byudjet, sanoat, eksport va turizm masalalariga ham to‘xtalib, bar sohalarda olib borilayotgan ishlar va kamchiliklarni muhokama qildi. Tuman va shahar sektor rahbarlar bu borada ishlarni samarali tashkil etishi kerakligi taʼkidlandi.
Masʼullarga viloyatimizdagi yozgi turizm manzillarini mavsuvga tayyorllash ishlarini tez kunda yakuniga yetkazish, dam oluvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ayniqsa, Maydanak va Mirakiga olib boruvchi yo‘llar va yo‘laklar taʼmiri hamda yoritish chiroqlarini o‘rnatilishini sifatli bajarish topshirildi.
Maʼlumot uchun, joriy yilda viloyatda mahalliy turistlar sonini 1 mln. 789 mingga, xorijiy turistlar sonini 210 ming va xizmatlar eksportini 42 mln. dollarga yetkazish bo‘yicha aniq rejalar belgilangan.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati.