Feysbukda tarqatilgan "Yangi bog‘obod" MFY hududida chiqindi tashish texnikalari yarim oyda bir marotaba xizmat ko‘rsatayotganligi bo‘yicha tanqidiy fikrlar yuritilgan.
Ushbu holat tuman hokimligi mas’uli Davron Abdurashidov tegishli mas’ullar bilan bog‘lanib, vaziyat o‘rganilganda chiqindi tashish texnikalari harakatlanish grafigiga asosan xizmat qilib kelayotganligi aniqlangan.
Murojaatlarning asosli ekanligi “Qarshi - eko hayot” MCHJ ga tushuntirilib, mahallaga chiqindi tashish texnikalari qatnovi soni ortishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Qarshi tumani hokimligi axborot xizmati.