Qarshi tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri Ma’murjon Abdullayevning habar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 10-son bayoni qaroriga muvofiq, 2022-2023 o‘quv yilida “SOS” - bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek vasiylikka, homiylikka yoki oila tarbiyasiga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) xamda “Mexribonlik uyi" va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan ota-onasi yo‘q, chin yetim bolalar toifasidagi 11 nafar abituriyent ajratilgan qo‘shimcha davlat grant asosidagi qabul parametrlari bo‘yicha talabalikka qabul kilindi.
Qarshi tumani hokimligi matbuot xizmati.