Qarshi tumani "Guliston" mahalla fuqarolar yig`inida uzoq yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashab kelayotgan O‘zbekiston Respublikasiga Rossiya Federatsiyasidan doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan Imamova Xabiba Qaxxarovna nomiga Qarshi tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilgan edi.
Fuqaroga bo`linma tomonidan amaliy va huquqiy yordam ko‘rsatilib, uning nomiga “Fuqaroligi yo‘q shaxs uchun” O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berilib, uning uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammosi ijobiy hal qilib berildi.
Suvonov Behzod Shomurodovich,
Qarshi tumani IIB MvaFRB boshlig‘i