Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Qashqadaryo 24/7” kanalida e’lon qilingan postga munosabat
Ushbu xabarda Qarshi-Beshkent yo‘nalishida qatnovchi yo‘nalishsiz taksilar tomonidan yo‘lkira ko‘tarilgani, aholiga qulay bo‘lishi uchun avtobuslarni ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘lishi aytilgan.
Shuni e’tiborga olib, viloyat transport boshqarmasi rahbariyati tomonidan mazkur yo‘nalishda qatnovchi avtobuslar sonini ko‘paytirish chorasi ko‘rildi. Avval bu yo‘nalishda 18 ta avtobus qatnovni amalga oshirgan bo‘lsa, bugundan 25 ta avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi. Natijada oraliq interval o‘rtacha 5-7 daqiqani tashkil etmoqda.
Eslatish joiz, hozirda Qarshi tumani markazidan Qarshi shahriga 15 ta zamonaviy mikroavtobus ham muntazam yo‘lovchi tashimoqda. Yo‘lkira kishi boshiga 2 ming so‘m etib belgilangan.
Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati