Qarshi tumani kundan-kunga gullar va yashil shaharga aylanib bormoqda.
Tumanimiz markaziga tashrif buyurgan mehmonlarni kirib kelishdanoq ajoyib katarantus gullari bilan kutib oladi. Bu bahor mavsumida qilingan mehnatlarning samarasidir. Bahor mavsumida markaziy ko`chalarga 55 ming dona pushti katarantus ekilib, tuman markaziga ko`rkam qiyofa baxsh etildi. Bugungi kunda ushbu gullar tumanimizning o`ziga xos yangiliklaridan biri sifatida tumanimiz aholi vakillari tomonidan e`tirof etilmoqda.
Bundan tashqari tumanimizda gulzorlar tashkil etishdan tashqari obodonlashitirish ishlariga ham alohida e`tibor qaratilmoqda. Tumandagi tashkilotlar atrofi ham bugun ko`zni quvnatadi. Ayniqsa tuman hokimligida parvarishlangan rayhon gullarining ifori o`tguvchilarni xushnud etmasdan qolmaydi.