Bugun tumanimizdagi barcha maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi. Tuman hokimi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir avvalida tuman rahbari o‘quvchi va pedagoglarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabriklab, mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng maktabga ilk bor qadam qo‘ygan 92 nafar 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi va ular bilan birgalikda maktab binosiga kirildi.
Barcha sinflarda mustaqillik darslari o‘tkazildi.
Tuman rahbari sinfxonalarda oʻquvchilar bilan uchrashib, ular bilan ingliz va o`zbek tillarida suhbatlashdi. O‘quvchilarning chet tillarini bilish darajalarini tekshirib, ilm olishga undovchi fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: bugun tumandagi 71 ta maktabda 44 699 nafar o‘quvchi yangi o‘quv yilini boshlashdi. Ularning 4 670 nafari maktabga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘g‘il-qizlardir.
Qarshi tumani hokimligi matbuot xizmati.