Shu yilning 30 may kuni "Yoshlar xiyoboni"da tuman hokimligi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar va ishsizlarni bandligini ta’minlash hamda ularni tadbirkorlik boshlashlari uchun ko‘maklashish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Qarshi tumanidagi tashkilot va korxonalar hamda muassasalar tomonidan taqdim etilgan jami 686 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 216 nafar ishsiz fuqaro, shundan 93 nafar ishsizlarning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 43 nafar ishtirokchi tadbirkorligini boshlashlari uchun ko‘maklashilishi belgilandi.
Shu kuni kasb-hunarga o‘qitish kurslarini tamomlagan tumandoshlarimizga yengil mototransport vositalari hamda mehnat qurollari topshirildi.