Qarshi tumani “Tinchlik”, “Xitoykenti”, “Gʻubdin” va “Parvoz” mahallalarida “Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish” masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari Suxrob Mahkamov, Jahongir Jo‘rayev, Anvar Fayziyev, Iskandar Jumayevlar o‘z faoliyati yuzasidan mahalla aholisi, tadbirkorlar oldida xisobot berdi.
Xisobotda hokim yordamchilari 2022-yilda “Oilaviy tadbirkorlik”, “Aholi bandligini ta’minlash” va shunga o‘xshash yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar bo‘yicha so‘z olib bordi.
Hisobot yig‘ilishlarida hokim yordamchilari, mahalladagi beshlik, mahalla faollari va tadbikorlar ishtirok etdi.
Hisobot yig‘ilishida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga tegishliligi bo‘yicha javoblar berildi.