Assalomu alaykum, tumanimizning navqiron yoshlari!
Avvalam bor bugungi ommaviy axborot vositalariga chiqish orqali Siz aziz yoshlarga “Yoshlarga oid davlat siyosati” doirasida 2023 yilda tuman yoshlarini har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida yoshlarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlashdik ustuvor yo‘nalishlarda hisobot berayotganimdan benihoyat xursandman.
Sizlarga hisobot berishimdan oldin, tumanimizning demografik ko‘rsatkichi bilan tanishtirsam;
Tuman aholisi soni 270 ming 564 nafarni tashkil etib, shundan0-30 yoshdagi yoshlar soni 149 500 nafarni, 18-30 yoshdagi yoshlar soni53 777 nafarni, 14-30 yoshdagi yoshlar soni – 67 188 nafar (uyushgan – 43 467 nafar, uyushmagan 23 721 nafar), migratsiyada yaʼni xorijdagi yoshlar soni 1 356 nafar tashkil etadi.
“Yoshlarga oid davlat siyosati” doirasida o‘tgan 2023 yilda olib borilgan islohotlar yuzasidan qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Tumanda 2023 yil davomida ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida mahalliy byudjetning ortirib bajarilgan qismi hisobidan “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga 2 mlrd 500 mln so‘mlik mablag‘lar o‘tkazilib, jami 4 ming 174 nafar yoshlarimizga 16 turdagi yo‘nalishlar bo‘yicha 4 mlrd 855 mln 195 ming so‘mlik yordamlar ko‘rsatilgan.
Bunga misol sifatida 671 nafar yoshlarga 1,3 millard so‘m professional va Oliy taʼlim muassasalariga to‘lov kontrakti summasining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, 176 nafar yoshlarga zamonaviy kasblarni o‘rganishlari uchun 570,9 mln so‘m, 333 nafar yoshlarni davolanish xarajatlari uchun 639,9 mln so‘m, 95 nafar yoshlarga 604,5 mln so‘mlik safarbarlik chaqiruvidagi rezerv xarajatlari to‘lab berilgan.
Bundan tashqari tumandagi 1 894 nafar ishsiz, 1 672 nafar maktab bitiruvchilaridan ish izlab doimiy daromadga ega bo‘lish maqsadida mehnat bozoriga kirib kelgan jami 3 566 nafar uyushmagan daromad manbasiga ega bo‘lmagan yoshlarimizni, bandligi taʼminlangan.
Ishsiz yoshlarni bandligini taʼminlashda doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish orqali 453 nafar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi loyihalar tashkil etish orqali 249 nafar, 115 nafar yoshlarga o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishlari uchun 2 mlrd 343 mln so‘mlik imtiyozli kreditlar, 257 nafar yoshlarimizga 154 mln so‘mlik subsidiyalar va 161 nafar yoshlarga 40 ga er maydonlari ajratish orqali bandligi taʼminlanib, yoshlarning doimiy daromad manbasiga ega bo‘lishlariga erishildi.
Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda tumanda “Besh bosqichli besh tashabbus” olimpiadasining 1-2 mavsumlarida mahalla, sektor, tuman, viloyat, Respublika bosqichlariga 14-30 yoshdagi jami 29 863 nafar yoshlarimiz madaniyat, sanʼat, axborot texnologiyalari va sport musobaqalariga jalb qilinib, viloyat bosqichi musobaqalarida jami 22 ta o‘rinlar (1-o‘rin 9 ta, 2-o‘rin 5 ta, 3-o‘rin 8 ta,) qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, Respublika bosqichida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha 3 ta o‘rin (1-o‘rin 1 ta, 2-o‘rin 2 ta,) qo‘lga kiritildi.
Yoshlarimizning doimiy tarzda sport bilan shug‘ullanishi va ularni chiniqtirish uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan, tumanda 1 ta sport maktabi mavjud bo‘lib, jami 53 nafar ishchi xodim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 39 nafari trener-o‘qituvchi, 14 nafari oliy maʼlumotli, 12 nafari tugallanmagan oliy, 9 nafari o‘rta-maxsus, 11 nafari oliy toifali, 4 nafari birinchi toifaga ega.
2023 yil davomida sport maktabida 3 nafar sport ustasi, 2 nafar sport ustaligiga nomzod, 131 nafar sportchi o‘quvchi yoshlar unvonli va o‘smirlar hamda kattalar sport razryadlarni qo‘lga kiritishdi va 3 nafar yoshlar Osiyo chempionatlarida yuqori natijalarga erishilgan.
Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlariga asosan yoshlar bandligini taʼminlash va ularni dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun tuman hokimligi zaxirasidan jami hisobda 711,6 gektar er maydoni 1 541 nafar ajratilishi rejalashtirmoqda. Ayni kunlarda dehqonchilik qilish istagidagi mehnatkash yoshlarga yer ajratish ishlari davom etmoqda.