Kecha tumandagi fayzli Kamol ota to‘yxonasida ta’lim-tarbiya sohasining jonkuyar xodimlari ishtirokida umumxalq bayrami - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” nishonlandi.
Bu qutlug‘ ayyom munosabati bilan tumandagi asosiy bayramda tuman rahbari qutlug‘ ayyom bugun chinakamiga xalqimizning eng ardoqli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgani, ustoz kabi ulug‘ nomning mashaqqati, yuksak ahamiyati, ustozlarning voyaga yetib kelayotgan avlodning kamol topishiga qo‘shadigan beqiyos hissasini e’tirof etdi.
Tadbir davomida bir guruh soha fidoyilari tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlanib, barcha ishtirokchi ustoz murabbiylarga estalik sovg‘alari ulashildi. San`at ustalari va ijrochilarning tayyorlangan konsert dasturi ustoz va murabbiylarimizga chinakam bayram shukuhi va quvonchini hadya etdi.
Shu o`rinda alohida ta’kidlash kerakki, ushbu yilda tumanimizda ta’lim sifati yanada yaxshilanishida tumanimiz soha fidoyilarining zahmatlari ulkan bo‘ldi. Joriy o‘quv yilida 11-sinfni 2 910 nafar o‘quvchilar tugatib, 66 nafari oltin va 14 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldi. O‘tgan o‘quv yilida 69 nafar maktab o‘qituvchilarimiz IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, joriy o‘quv yilida esa 155 nafar o‘qituvchilar IELTS sertifikatini qo`
lga kiritdi. Shuni faxr bilan aytishimiz kerakki, bitiruvchi sinf o‘quvchilarimizdan 32 nafari muddatdan oldin Jahondagi eng nufuzli oliygohlarga kirishga muyassar bo‘ldi.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi.