Joriy yilning 20-yanvar kuni Qarshi tumani hokimligida viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, tuman IIB va tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘limi hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, ularni ijtimoiy va huquqiy himoyasi borasida Qarshi tumanida keng ko`lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ta`kidlandi.
Ushbu yig`ilish davomida tumanda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘ligini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ishlarining o‘zaro hamkorligi atroflicha tahlil etilib, kelgusida bu boradagi hamkorlikni yana-da kuchaytirish istiqbollari belgilab olindi.
Aziza Karimova,
Qarshi tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘limi mutaxassisi