Tumanimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini taʼminlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun ham tuman hokimligida 36 nafar xotin-qizga o‘zini o‘zi band qilishi uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.
Har bir ishsiz xotin-qizlar bilan so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularning kasb-hunar qobiliyati, qiziqishi hisobga olindi. Ularning talab va istaklariga ko‘ra 31 nafar xotin-qizga mikroto‘lqinli pech hamda 5 nafar tadbirkorlik markazida kasb-hunarga o‘qitilgan xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi.
Tadbirda tuman rahbari o‘rinbosari Shoxista Begimqulova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.