Qarshi tumanida “Driver’s Village” kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi filialiga qarashli avtosalon va avtomobillarga zamonaviy hamda tezkor xizmat ko’rsatish markazi ish boshladi.
Kompaniya “Uzavto Motors” AJ va “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalarni sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.
Vohamizda tashkil etilgan filialda 100 nafarga yaqin ishchi orni yaratilishi kozda totilgan bolib, ular avtosalon va avtoservisda zamonaviy kompyuter jihozlari, asbob-uskunalar va avto-diagnostika vositalari orqali mijozlarga to’liq xizmat ko’rsatadi.
Ayni vaqtda Avtosalon hududida mijozlardan avtomobil uchun to’lovlarni qabul qilish bo’yicha “Trastbank’ xususiy aksiyadorlik bankining Qarshi filiali shaxobchasi oz ishini boshladi. Kelgusida yanada qulaylik yaratish maqsadida avtomobillarni davlat ro’yhatidan o’tkazish, hamda ularga davlat raqamlarini berish bo’yicha Davlat yo’l harakati boshqarmasining bo’limi, sug’urta va davlat notarial idorasi xodimlarini ham jalb etish kozda to`tilgan.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.
Ahror Sodiqov,
Viloyat hokimi matbuot kotibi.