Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qarshi tumanida ham "Har kuning Navro‘z bo‘lsin jonajon O‘zbekistonim! shiori ostida Navro‘z bayrami o‘tkazildi.
Asosiy bayram tantanalari tuman adirliklarida - Kerayit MFY hududida bo‘lib o‘tdi. Bir tomonidan kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish kabi milliy o‘yinlarimiz va dorboz tomoshalari bayram zavqiga zavq ulashdi.
Bayram uchun doshqozonlarda tayyorlangan hilma-hil milliy taomlardan barcha ishtirokchilar tatib ko‘rishdi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi barchani Navro‘zi olam bilan qutladi.
Shodiyonada ishtirok etgan viloyat va tumanimizning badiiy jamoalari hamda poytaxtdan taklif etilgan Hosila Rahimova, Otabek Mirzaholov hamda ”Do‘stlik” ordeni sohibi Oygul Xalilova kabi xalqimiz ardoqlagan xushovoz xonandalarning sho‘x ashulalari barchaga manzur bo‘ldi.
Ta’kidlash kerak, tumandagi mahallalarda Navro‘z bayrami tantanalari davom etadi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi.