Tumanda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularning hayot kechirish sifatini yaxshilash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Kuni kecha ham tuman hokimi o‘rinbosari Fazilat Abdirahmonova nogironligi bor xotin-qizlarning xonadoniga borib, ular bilan suhbatlar olib bordi. Hol so‘rash asnosida nogironligi bor xotin-qizlar nogironlik aravachalari, tibbiy protez-ortopedik va eshitish moslamalari, qo‘ltiqtayoq, hassalar bilan ta’minlandi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi.