"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahalla yoshlari o'rtasida "Voleybol" sport turining Ichki ishlar vaziri kubogi uchun Qarshi tuman bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Unda tumanimiz mahallalarida yashovchi saralab olingan 16-21 va 22-26 yoshdagi yigitlar va qizlar jamoalari ishtirok etishmoqda.
Tumanimizda o`tkazilayotgan ushbu musobaqaning ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig’i Ro’ziyev Vahob Tojiyevich, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Sultonov Ulug’bek Olimovich ishtirok etib ishtirokchilarga omad tilashdi.
Ma`lumot uchun, tuman bosqichi musobaqasida jami 18 ta jamoa ishtirok etmoqda.