Tumanning Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Pirmamatov Javohir tomorqachilik ortidan bugungi kunda katta daromad oladi.
Ayni kunda ham issiqxonada ekilgan ko‘chatlar rivoji avjida. Tayyor holatga keltirilgan ko‘chatlar tomorqalar uchun yetkazib beriladi. Ushbu ko`chatchilik orqali bugungi kunda mahalladagi 10 nafat xotin-qizlarning bandligi ta`minlangan.
– Bugun ko‘chatlarimizga talab va ehtiyoj ortmoqda, – deydi tadbirkor Javohir Pirmatov. - Mavsumga qarab pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, achchiq qalampir, qovun va tarvuz ko‘chatlarini yetishtirib kelmoqdamiz. Ro‘zg‘orimiz shular bilan obod bo‘lyapti. Bundan tashqari sitrus mevalar xususan papayya dorivor o‘simligidan ham hosil olamiz.
Aytish kerak, Javohir Pirmatov ko‘p yillardan buyon ko‘chatchilik ortidan yaxshigina daromad olib, ro‘zg‘or tebratadi. Uning aytishiga qaraganda daromadli bo‘lgan ko‘chatchilik tumanimizda xususan, Istiqlol mahallasida ham rivoj topib bormoqda.
Shu o‘rinda taʼkidlash kerak, tumandoshlarimiz tomorqachilik xususan ko‘chatchilik ortidan halol mehnati evaziga erishilgan daromadga uy-joy solyapti, mashina olyapti. Siz ham daromadli ish bo‘lgan tomorqachilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lsangiz, o‘zining beminnat ko‘magini ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Qarshi tumani kengashiga murojaat qiling.
☎️ 91 949-30-63.