Viloyat hokimi Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish va profilaktika qilish bo‘yicha eng yaxshi taklif bergan va o‘z faoliyatini ommalashtirgan sektor rahbari va mahalladagi “beshlik”ni 5 mln.so‘mdan rag‘batlantirib borilishini maʼlum qildi.
Bu haqda "jinoyatni oldini olishda, qidiruvdagi jinoyatchilarni aniqlagan kuzatuv kamera egasini (uy egasi, bozor, savdo do‘koni, choyxona, kafe, uy-joy shirkati va boshqa korxona, tashkilot rahbarlari) hokimlik hisobidan 5 mln. so‘mdan rag‘batlantiraman", - dedi viloyat hokimi.
Viloyat hokimining so‘zlariga ko‘ra, bundan viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish va profilaktika qilishni samarali tashkil etishda katta naf bo‘ladi.