Qarshi tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan tabiatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilinishini ta'minlash bo‘yicha reydlar o`tkazilmoqda.
Jumladan, tumanning "Batosh" MFY hududida har xil turdagi chiqindilar tartibsiz sochilib yotganligi va qurilish chiqindilar yo‘l yoqasiga to‘kilganligi holati aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan ushbu MFY raisiga tushuntirish ishlari olib borilib, kelgusida ushbu holat takrorlanmasligini, holat tez kunda bartaraf etilib, tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limiga qilingan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar yetkazilishi bildirildi.
Ushbu xolat yuzasidan MFY hududida belgilanmagan joyga chiqindilar to‘kilishini nazorat va o‘z vaqtida bartaraf qilmaganligi uchun MFY raisi P.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning tegishli bandi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi.