Bugun erta tongdan Beshkent “Markaziy” o‘yingohida nuroniy otaxonlaru, yoshi-navqironlar uchun homiylarni jalb qilgan holda 150 kilogramm guruch ikki doshqozonda palov damlanib, ehson dasturxoni yozildi.
Tadbir davomida o‘tganlar yod etilib, Qurʼon tilovat qilindi. Kun boshlanishidanoq ajoyib muhit hukmronlik qilgan tadbirda nuroniy otaxonlarimizning oqilona va yangi bosqichga olib chiqilayotgan tumanimizdagi islohotlardan xursand ekanliklari yuz-ko‘zidan bilinib turdi. Yangragan kuy-qo‘shiqlar esa ehson oshiga yana-da fayz kiritdi.