Qarshi tumani markazidagi 4200 o‘rinli o‘yingoh zamonaviy ko‘rinishda qayta taʼmirlanib, sportsevar yoshlarga taqdim etildi.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, ushbu sport kompleksi ham Prezidentimiz tomonlaridan yaratib berilayotgan sharoitlarni har bir fuqaro o‘z hayotida his etishi uchun qilinayotgan ishlarni davomi deya taʼkidlab, yangi tashkil etilgan futbol klubini yuqori natijalarga erishishiga tilak bildirdi.
Ochilish marosimida tumanning yangi tashkil etilgan jamoasi va vohamizning “Nasaf” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkazildi. Shu yerning o‘zida kuni kecha O‘zbekiston Superkubogini ikkinchi bor qo‘lga kiritgan “Nasaf” jamoasining taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.