Qarshi tumani hokimligida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida umumtaʼlim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda tumandagi eng tirishqoq, zukko va intiluvchan 82 nafar o‘quvchi oltin va kumush medal sohibi bo‘lgani quvonarlidir.
Ushbu quvonchli tadbirni ochib bergan tuman rahbari bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan qutlab, ular mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va rag‘batdan foydalangan puxta bilim egallashi, katta hayot yo‘lida mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishi lozimligini taʼkidladi.
Shundan so‘ng tuman hokimi tomonidan 69 nafar o‘quvchiga oltin va 13 nafariga kumush medallar tantanali tarzda topshirildi.
T.Turdiyev,
Tuman hokimining matbuot kotibi.