Keyingi paytda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning salmoqli qismi aliment undiruvi va moddiy taʼminlash bilan bog‘liq ijro hujjatlariga oid bo‘lmoqda. Shu bois, bugun tuman hokimligida tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Aytish kerakki, bugungi kunda masʼul tashkilotlar o‘rtasida yetarlicha hamkorlik o‘rnatilmaganligi, ayrim kamchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, tuman bo‘yicha aliment to‘lovchi 1506 nafar shaxslarning qariyb 938 nafari yaʼni 62 foizidan ortig‘i ishsiz shaxslarni tashkil qilmoqda.
- Oila barqarorligida iqtisodiy masalalar katta ahamiyat kasb etadi, - dedi tuman hokimi. - Eʼtibor bering, agar oila iqtisodiy tomonlama to‘kin bo‘lsa, ajrashish holatlari juda kam uchraydi. Bugungi qo‘shma farmoyish bilan bandlik va boshqa tegishli tashkilotlar zimmasiga asosan mehnatga layoqatli aliment to‘lovchilarni foydali mehnat bilan band bo‘lishlarini taʼminlash, notinch, ajrashish uchun murojaat qilgan oilalarning maʼnaviy holati bilan bir qatorda iqtisodiy holatini ham o‘rganish va boshqa muhim masalalar yuklanayapti.
Tadbir so‘nggida aliment undiruvi, mehnatga layoqatli aliment to‘lovchilarni bandligini taʼminlash, bunda mehnat yarmarkalari tashkil etish, qidiruv eʼlon qilingan qarzdorlarni topish, notinch, ajrashish uchun murojaat qilgan yoki ajrashgan oilalar, aliment to‘lovchilar hamda ularning sobiq turmush o‘rtoqlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, ularni yaratishtirish choralarini ko‘rish hamda targ‘ibot tadbirlariga katta eʼtibor qaratish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan qo‘shma farmoyish qabul qilindi.