Qonunchilikdagi o‘zgarishlar: 2023 YIL 1 YANVARDAN AMALDA
Buxgalteriya hisobi sub’yektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi.
Bu haqda Prezidentning “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik sub’yektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
Hujjatga ko‘ra:
1-birja shakli – “Birja faoliyati to‘g‘risida hisobot”;
1-msh shakli – “Mehnat sharoitlari ahvoli to‘g‘risida hisobot”;
1-nh shakli – “Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida hisobot”;
1-temir yo‘l (umumfoydalanadigan) – “Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti xizmatlari to‘g‘risida;
1-tb shakli – “Tijorat banki faoliyati to‘g‘risida hisobot”;
1-sug‘urta shakli – “Sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida hisobot”;
1-kb (qm) (1-kb shakliga ilova) – “Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlari to‘g‘risidagi hisobot”;
4-quvur yo‘li – “Quvur yo‘li transporti faoliyati to‘g‘risida hisobot”;
4-meva-sabzavot – “Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot” statistik hisobot turlari bekor qilinadi.
"Qashqadaryo" gazetasining rasmiy veb-saytidan olindi.