Qarshi tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o'tkazildi.
Reyd tadbiri davomida inspektorlar tumandagi "Potron" MFY hududida fuqarolar A.B va N.B tomonidan 1 dona tut, 1 dona jiyda hamda 1 dona qayrag‘och daraxtlarini tag qismidan kesganligi holati aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTK-ning 79-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln so‘m jarima hamda tabiatga yetgazilgan 27 mln 600 ming so‘m zarar qo‘llanildi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi.