Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining ushbu yilning 6 iyun kuni eʼlon qilingan qaroriga binoan Tursunov Dilshod Xamroyevich Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.
Taʼkidlash kerak, Dilshod Tursunov o‘z faoliyati davomida ko‘plab rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan. U mehnat faoliyati davomida chinakam fidoyi, o‘z hamkasblariga namuna hamda xalq vakili sifatida ham qator tashabbuslarni ilgari surgan insondir.
Shu o‘rinda, rivojlanish, shaffoflik hamda barcha sohalarda tumandoshlarimiz manfaatlariga qaratilgan o‘zgarishlarga qo‘l urilayotgan Qarshi tumanining yana-da rivojida xalq vakillari hamda kengash kotibiyati oldida turgan masʼuliyatli vazifalarda Dilshod Tursunovga muvaffaqiyat va omad tilaymiz.