Fayzobod mahallasiga davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida 15-sonli maktab uchun 330 o‘rinli maktab binosi qaytadan zamonaviy tarzda qurilib, sovg‘a qilindi. Binoda 330 nafar o‘quvchi tahsil olishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari qo‘shimcha bino qurilishini amalga oshirayotgan "Grant Ellada" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ushbu maktab uchun barcha qulayliklarga ega oshxona ham bunyod etildi.
Islohotlar samarasi bo‘lgan ushbu zamonaviy maktab qo‘shimcha binosining ochilishi tadbirida tuman rahbari ham ishtirok etib, yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tumandoshlarimizni muborakbod etdi. Shu bilan bir qatorda maktab taʼmirini ajoyib tarzda va muddatidan avval topshirgan "Grant Ellada" masʼuliyati cheklangan jamiyati masʼullariga ham minnatdorchilik sifatida to‘n kiygizildi.
Tumanimizda bayram shodiyonalari davom etmoqda.