Kecha, 2-fevral kuni odatdagidek tuman hokimining navbatdagi sayyor tarzda fuqarolar qabuli o`tkazildi.
"Xonabod" MFY da o`tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda ham tuman sektor rahbarlari va barcha tuman tashkilotlari mas`ullari jalb etildi.
Tuman hokimi ushbu qabul davomida 100 dan ortiq (muammolar soni 37 tani tashkil etadi) fuqarolarning muammolarini diqqat bilan tinglab, ularni joyida va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi.
- Har bir tuman mas`ullariga avvalo fuqarolarni diqqat bilan tinglashni o`rganishlari lozimligini ko`p marotaba takrorlab kelaman, - dedi tuman rahbari. - Mana bugun 100 ga yaqin xonabodlik fuqarolar bilan suhbatlashdik, muammolarini tinglab, vakolat doirasida yechim topildi, yo`nalish berildi. Bugungi qabulda mahalla ahli tomonidan bildirilgan muammolardan xulosam shuki, ushbu MFYdagi "beshlik"ning faoliyati mahalla aholisini qanoatlantirmaydi.
Shu kuni qabul davomida mahalla ahli tomonidan mahalla fuqarolar yig`ini raisi faoliyatidan e`tirozlar kelib tushdi. Shu bois, tegishli fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘yicha kengashi ushbu MFY raisining axborotini eshitishi belgilandi. Ma`lumot uchun, rais hisoboti eshitilib, uning faoliyati qoniqarsiz deb topilsa, fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) qarori bilan MFY raisi vakolatlari muddatidan oldin tugatiladi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi.