Qarshi tumanida yashovchi Shodmonov Jurabek Chamanovich va Qilichova Xafiza Ashirovnalar “Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun” O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida yashab, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lish ularni azaliy orzulari edi.
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirib kelinayotgan islohotlar natijasida 2020 yil 13 mart kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi talabiga ko‘ra, ular O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olinib, Qarshi tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.
Qarshi tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi.