Bu haqda tuman hokimi qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 69-sessiyasi 2023-yil 27-yanvar kuni soat 16:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi muhim masalalar kiritilgan.
1. Qarshi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida;
Axborot beruvchi: Qudratov Shohrux Shohdorovich – Tuman adliya bo’limi boshlig’i.
2. Tuman prokuraturasining 2022-yilda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilikni hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to’g’risida;
Axborot beruvchi: Murodov Tog’murod Joniqulovich – Qarshi tumani prokurori.
3. Qarshi tumanida yashovchi ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj fuqarolarga moddiy yordam berish to’g’risida;
Axborot beruvchi: Rahmonov Otaniyoz Qo’yliyevich– Qarshi tumani mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i.
4. Tumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga 2022-yil davomida hududlardan kelib tushgan murojaatlari tahlili hamda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o’rganish natijalari to’g’risida;
Axborot beruvchi: Azizov Sayfulla Temirovich – Qarshi tumani xalq qabulxonasi mudiri.
5. Qarshi tumani mahalliy byudjetining 2023-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
Axborot beruvchi: Sattorov Shuxrat Islomovich – Qarshi tumani hokimligi moliya bo’limi mudiri.
6. Qarshi tumanida xotin-qizlarni muammolarini tizimli ravishda hal yetish va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari”ni III bosqichi to’g’risida;
Axborot beruvchi: Abduraxmonova Fazilat Nurmamatovna – Qarshi tumani hokimi o’rinbosari.
7. Boshqa masalalar.
Ma`lumot uchun sessiya ishi tuman hokimligi axborot xizmatining "You tube" sahifasida jonli tarzda yoritiladi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi.