Xabar berganimizdek, tumani hokim va Xitoy Savdo sanoat palatasi Szibo shahri bo‘limi rahbari Li Syuchin xonim o‘rtasida “Qashqadaryo viloyati investitsion salohiyati” mavzusida biznes-forum tashkil etilishi bo‘yicha kelishib olingan edi.
Ushbu kelishuv natijasida Xitoyning Savdo sanoat palatasi Szibo shahri bo‘limida “Qashqadaryo viloyati investitsion salohiyati” mavzusidagi biznes-forum tashkil etildi.
Biznes forumda Szibo shahrining eng yirik 40 ta kompaniyalariga mamlakatimizda investorlarga yaratilgan sharoitlar va Qashqadaryo viloyatining investitsion salohiyatini ko‘rsatib beruvchi taqdimot hamda videoroliklar taqdim etildi.
Biznes-forum ishtirokchilari bilan Qashqadaryo viloyati xususan Qarshi tumani haqida mehmonlarni qiziqtirgan savollar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, forum doirasida tadbirkorlar bilan V2V ko‘rinishidagi muzokaralar olib borilishiga kelishildi.
Tuman hokimi boshchiligidagi Qarshi tumani delegatsiyasining Xitoydagi safari davom etmoqda.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi