Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda.
Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi tumanidagi "Yangi Batosh" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.
Shu kuni o‘tkazilgan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish davomida jami 39 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, shundan 12 ta Mobil_ID ro‘yhatga olindi. 2 nafar fuqaroning kadastr pasporti shakllantirildi va 4 nafar bolalarni bog'chaga navbatga qo'yish, ERI kalitlarini rasmiylashtirish va 3 nafar nikoh masalasida murojaatlar qabul qilinib, 6 ta tug'ilganlik guvohnomasi o'z egalariga topshirildi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida ishchi guruh tumanning "Kasanachilik" markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.