Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan tumandagi "Nasaf" hududida yerlardan maqsadli foydalanish holati yuzasidan nazorat tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro qishloq xo'jaligi xaritasi konturida joylashgan yerni o'zboshimchalik bilan egallab olib, egallangan yer maydonining 50 kv metr qismiga qurilish qilganligi holati aniqlandi.
O'rganishlar davomida ushbu qurilishga nisbatan hech qanday huquqni belgilovchi hujjatning mavjud emasligi ma'lum bo'ldi.
Tadbir davomida fuqaroga mazkur yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlari Kadastr inspektorilari tomonidan tushuntirildi.
Olib borilgan tushuntirish ishlari va yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatini to'g'ri anglanishi natijasida yer qonunbuzilishi holati ixtiyoriy bartaraf etildi.