Tuman hokimi Zoir Aliqulov tumandagi mavjud ko‘p qavatli uylarning bugungi kundagi holatini o‘rganishda davom etmoqda.
Bugun erta tongdan hokim Mevazor mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda bo‘lib, kommunal masalalar hamda obodonlashtirish ishlarining bugungi kundagi holati bilan tanishib, shu yerda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaat-muammolari va masʼullarning bu boradagi takliflarini qabul qildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida masʼullarga topshiriqlar berilib, hududni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi.