«Beshkent Markaziy o‘yingohi»da Qarshi tumani hokimligi tashabbusi bilan tuman mahallalari yoshlari o‘rtasida “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida!” shiori ostida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Qarshi tumani bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun musobaqaning yakuniy natijalarga ko‘ra Gulshan, Hilol, O‘zbekiston Mustaqilligi, Yangi Batosh mahallalari yoshlari ushbu ketma-ketlikda g‘olib bo‘lishdi. Endilikda tuman birinchiligini qo‘lga kiritgan Gulshan mahallasi yoshlari “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining viloyat bosqichida tumanimiz sharafini himoya qilishadi.